Afg‘onistonda portlash: kamida 7 polisiyachi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda portlash: kamida 7 polisiyachi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning G‘azni shahrida avtomobil portlab ketdi. Natijada kamida yetti nafar polisiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Tolo News xavfsizlik manbasiga tayanib xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, yana 15 kishi jarohatlangan — ular shoshilinch tibbiy yordam uchun Kobulga vertolyotda olib ketilgan.

Xabar qilinishicha, portlashdan keyin jangarilar harbiy lagerga hujum qilishga uringan, ammo ular yo‘q qilingan.

Hozircha hech bir guruh sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!