Abxaziyalik maktab o‘quvchisi kitob o‘qish uchun qulay joy izlab chegarani kesib o‘tdi

Abxaziyalik maktab o‘quvchisi kitob o‘qish uchun qulay joy izlab chegarani kesib o‘tdi

Rossiya chegara xizmati xodimlari Sochi yaqinida abxaziyalik maktab o‘quvchisini qo‘lga oldi. U kitob o‘qish uchun qulay joy qidirib, Rossiya—Abxaziya chegarasini tasodifan kesib o‘tgan. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi federal xavfsizlik xizmati ma’lum qildi, deb yozadi "daryo.uz".

Chegarachilar Psou daryosini sayoz joyidan kechib o‘tayotgan kishini payqagan va uni Rossiya hududida qo‘lga olgan.

14 yoshli maktab o‘quvchisi sevimli kitobini tinchlikda, tabiat qo‘ynida o‘qish istagida ikki davlat qonunchiligini buzishini kutmaganligini ma’lum qilgan.

O‘quvchi qo‘lga olish chog‘ida qarshilik ko‘rsatmagan. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, u ma’muriy va jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan. O‘quvchi Abxaziya hukumatiga topshirilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!