Abror Muxtor Aliy: "Luiza Rasulovaning endi eri bor" (VIDEO)

Abror Muxtor Aliy: "Luiza Rasulovaning endi eri bor" (VIDEO)

Domla Abror Muxtor Aliy Islom dini bilan hazillashib bo‘lmasligini ta’kidladi.

"Hazillashib nikoh o‘qib bo‘lmaydi. O‘qitdingizmi, demak, er-xotinsiz. "Million"ning konsertida Luiza erga tegdi. Roziman, dedi. Konsertga tashrif buyurgan to‘rt mingcha odam guvoh o‘rniga o‘tadi. Nikohning hazili bo‘lmaydi. Endi Luizaning eri bor. U agar musulmonman desa, yoki taloq olib ajrashadi, yoki shu eri bilan birga yashaydi", dedi Abror Muxtor Aliy.

U shuningdek dinni hazil yoki masxara qilib bo‘lmasligini, dinni masxara qilish ham dindan chiqishga sabab bo‘lishini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!