Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Yaponiyaning elektronika ishlab chiqaruvchisi Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatadi, bu mamlakatdagi ishchi kuchining 6 foizini tashkil qiladi.

Kompaniya moliyaviy yo‘qotishlar tufayli qayta tuzilma o‘tkazish va xodimlar sonini qisqartirishga qaror qilganini ma’lum qildi. Qisqartirishlar noyabrgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Toshiba bosh ijrochi direktori Taro Shimada ishdan bo‘shatishni «og‘riqli qaror» deb atadi. «Bu Toshiba yana 100 yil yashashi uchun zarur», dedi u.

Shu bilan birga, Shimada rahbariyat kompaniyaning o‘sishiga qaytadan erishish niyatida ekanligiga ishontirdi.

«Biz Toshiba'ning eng yaxshi versiyasini hayotga tatbiq etishga 100 foiz tayyormiz», dedi yapon kompaniyasi rahbari.

Toshiba o‘z aksiyadorlari resurslarini infratuzilma, energiya va raqamlashtirish kabi rivojlanish sohalariga qaratadi. Kompaniya sho‘ba korxonalarni birlashtirish orqali keraksiz operasiyalarni kamaytirishni rejalashtirmoqda.

Yaponiyalik elektronika ishlab chiqaruvchisi avvalroq 2023-moliya yilida 74,8 milliard iyen (481 million dollar) miqdorida sof zarar ko‘rganini e’lon qilgan, bu 2023 yilning aprelidan 2024 yilning martigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!