Erdog‘an yangi global tahdid haqida gapirdi

Erdog‘an yangi global tahdid haqida gapirdi

Suv resurslari bo‘yicha kelishmovchiliklar dunyo bo‘ylab ko‘plab keskin vaziyatlarning negizida yotadi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda Bank Ziraat tomonidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tadbirida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.

Erdo‘g‘on shunday xavotirli jarayonlar Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida kuzatilayotganini qayd etdi.

❕ Davlat rahbari o‘z nutqida jahonda suv mojarolari xavfi borligini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri tufayli suv manbalari va suv omborlari mojaro zonasiga aylanib bormoqda».

✍️ Turkiya rahbari, shuningdek, Turkiyaning global oziq-ovqat inqirozining oldini olishga qo‘shgan hissasini ta’kidladi: «Turkiyaning sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilgan Qora dengiz tashabbusi tufayli ko‘plab mintaqalarda, birinchi navbatda, Afrikada ocharchilikning oldini olish mumkin bo‘ldi».

Turkiya prezidenti o‘z nutqida G‘arb davlatlarining mustamlakachilik o‘tmishini ham tanqid qildi. «Bir tomchi yog‘i bir tomchi qondan qimmat bo‘lgan mustamlakachilar o‘z hukmronligini ta’minlash uchun har qanday yo‘lni ishga solishdi», - deydi u. «Biz Afrikadagi G‘arb davlatlarining inson huquqlari haqida va’z qilayotgan harakatlaridan juda xabardormiz.»


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!