Isroil Bosh vaziri: Rafahga hujum «ko‘p muammolarni hal qiladi»

Isroil Bosh vaziri: Rafahga hujum «ko‘p muammolarni hal qiladi»

G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga genosidda ayblangan Isroil armiyasi tomonidan rejalangan hujum Tel-Aviv uchun «ko‘p muammolarni hal qiladi».

Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo bilan chegara yaqinidagi aviashouda ma’lum qildi, deya xabar beradi Isroil davlat televideniyesi KAN.

«Rafahdagi operasiya ko‘p masalalarni hal qiladi. U nafaqat qolgan batalonlarni [Falastin HAMAS harakatining jangari qanoti], balki ularning qochish yo‘llari va ta’minot kanallarini ham qamrab oladi», — dedi Isroil vazirlar mahkamasi rahbari.

Netanyaxuning ta’kidlashicha, Isroil hozir «muhim jang» olib bormoqda va uning yakunlanishi bizni «dushman ustidan g‘alabaga» ancha yaqinlashtiradi.

2023 yil 7-oktabr kuni XAMAS hujumini oldindan ko‘ra olmagani uchun iste’foga chiqish haqida o‘ylamaganligi haqidagi savolga javoban Netanyaxu hukumatning hozir yagona tashvishi «g‘alaba» ekanini aytdi.

«Muvaffaqiyatsizlik masalasi hukumatning har bir a’zosiga, shu jumladan menga ham tegishli, ammo hozir biz faqat g‘alaba qozonishga qaratilganmiz. Shu tufayli yuzlab askarlarimiz halok bo‘ldi. Ular bizning g‘alabamiz uchun kurashdilar», - dedi u.

6 may kuni Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi yuz minglab falastinliklar boshpana topgan sharqiy Rafah shahrini evakuasiya qilishni talab qildi.

7 may kuni Isroil Rafahga quruqlikdan hujum boshladi va Misr bilan chegaradagi xuddi shu nomdagi nazorat-o‘tkazish punkti qo‘lga olinganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!