Toshkentda mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan Isroil fuqarosi 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan Isroil fuqarosi 15 sutkaga qamaldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan mehmonxonada odamlar tinchini buzgan Isroil fuqarosi javobgarlikka tortildi.

Uznews nashrining ish hujjatiga tayanib yozishicha, 16 may kuni soat 22:30 da mehmonxona ishchisi Toshkent shahar IIBB ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, isroillik mijoz Aleksander Xaustav ustidan shikoyat qilgan.

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan. Bundan tashqari, mast holatda mehmonxonaga peshob qilgan. Holat yuzasidan kelgan IIO xodimlari uni IIB bo‘limiga taklif qilishganida borishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan.

Sud majlisida huquqbuzar Aleksander Xaustav aybiga iqrorlik bildirib, o‘sha kuni uyida spirtli ichimlik iste’mol qilganini, O‘zbekistonga pasxa bayrami munosabati bilan, ota-onasi qabrtoshlarini yangilash uchun kelganini bildirgan.

Sud qarori bilan fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 192-moddasi (maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) va 194-moddasining 1-qismida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq hamda BHMning 4/3 qismi miqdorida (533 ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!