NYT: NATO ittifoqchilari Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborishi mumkin

NYT: NATO ittifoqchilari Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborishi mumkin

NATO ittifoqchilari Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborishi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari Charlz Braun NATO instruktorlarining Ukrainaga kiritilishi ehtimoli yuqoriligini aytgan.

"Biz u erga boramiz. Ammo hozircha, Ukraina tuprog‘ida bunday mashg‘ulotlar NATO instruktorlari xavfsizligiga xavf tug‘diradi va Ukrainaning muhim infratuzilmasi o‘rniga instruktorlarni himoya qilish uchun havo mudofaa vositalaridan foydalanishni talab qiladi", — dedi Braun.

"AQSh rasmiylari hozirda Ukraina qo‘shinlarining Germaniya, Polsha va Qo‘shma Shtatlarda olib borilayotgan tayyorgarligi yetarli emasligini tan olishadi va ular Rossiya qo‘shinlarining shu yozda kutilayotgan hujumiga qarshi turish uchun yaxshiroq va tezroq tayyorgarlikdan o‘tishlari zarurligini bilishadi. Ukraina Qurolli Kuchlarida “jiddiy nuqta”ga yetgan harbiy mutaxassislar yetishmovchiligi tufayli Kiyev AQSh va NATO ittifoqchilaridan yana 150 ming askarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishda yordam berishni so‘ragan", deb yozmoqda The New York Times.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!