Kanadada TikToK media platformasidan foydalanmaslik tavsiya etildi

Kanadada TikToK media platformasidan foydalanmaslik tavsiya etildi

Kanada xavfsizlik razvedkasi (CSIS) rahbari Devid Vinyo odamlarni TikToK ijtimoiy media platformasi Xitoy hukumati uchun axborot kanali ekanligi sababli foydalanmaslikka chaqirdi.

Vinyo CBC News telekanaliga bergan intervyusida TikToK haqida ogohlantirish berdi.

Uning ta’kidlashicha, TikToK Xitoy hukumati uchun axborot kanali ekanligi sababli foydalanilmasligi kerak: «Men direktor sifatidagi javobim shuki, Xitoy hukumati butun dunyo bo‘ylab har qanday odamdan shaxsiy ma’lumotlarni olish bo‘yicha juda aniq strategiyaga ega».

Hech kimga TikToKdan foydalanishni maslahat bermasligini bildirgan Vinyo, “Ko‘pchilik «Nega yoshlar o‘z ma’lumotlariga (TikToKda) ega bo‘lishlari juda muhim?» deyishadi. Besh yildan so‘ng, 10 yildan keyin bu yigit voyaga yetib, dunyo bo‘ylab turli ishlar bilan shug‘ullanadi”.

«Agar siz biron sababga ko‘ra (Xitoy Xalq Respublikasi) nishoniga aylanib qolsangiz, ular siz haqingizda juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lishadi», dedi Vinyo.

Xitoyda yirik ma’lumotlar fan markazlari borligi va sun’iy intellektni rivojlantirayotganiga e’tibor qaratib, u pirovard maqsad har doim Xitoy Kommunistik partiyasi manfaatlarini himoya qilish ekanligini ta’kidladi.

Vinyoning qayd etishicha, Xitoy prezidenti Si Szinpin axborotni nazorat qiluvchi qonun qabul qilgan va Xitoy fuqarolari, ular qayerda yashashidan qat’i nazar, xitoylik razvedka xodimlariga yordam berishni talab qiladi.

Ko‘pgina mamlakatlarda, ayniqsa AQShda, TikToK «milliy xavfsizlik» muammosi sifatida qaraladi.

AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FTB) direktori Kristofer Reyning ta’kidlashicha, asosiy hamkori Xitoyning Bytedance kompaniyasi bo‘lgan TikTok ilovasi Xitoyga millionlab foydalanuvchilarning ma’lumotlarini nazorat qilish imkoniyatini beradi.

TikToK ma’lumotlarini AQShga olib kirish yo‘lini ochib beruvchi va rad etilsa, uni taqiqlovchi qonun loyihasi 24 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolanib, kuchga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!