Toshkentda quvvatlash stansiyalari ishini muvofiqlashtiruvchi operator xizmati joriy etiladi

Toshkentda quvvatlash stansiyalari ishini muvofiqlashtiruvchi operator xizmati joriy etiladi

Poytaxt hokimligi “Toshkent shahrida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligi, Energetika vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilmoqda:

  • Toshkent shahrida tijorat maqsadida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi operator xizmatini joriy etish;
  • Toshkent shahrida quvvatlash stansiyalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi operator funksiyasini “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati zimmasiga yuklash;
  • 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab kompaniya tomonidan operator funksiyasini bajarish uchun dasturiy ta’minot platformasini joriy qilish, platformaga Toshkent shahri bo‘yicha elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonalari hamda quvvatlash stansiyalarini shartnoma asosida integrasiya qilib borish.

Energetika vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2025 yilning 1 yanvariga qadar Toshkent shahrining hududlari kesimida quvvatlash stansiyalari tarmog‘i va infratuzilmasini rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqib, tasdiqlaydi va ularni zaruratga ko‘ra yangilab boradi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi Kadastr agentligi, Energetika vazirligi, kompaniya hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bir oylik muddatda quvvatlash stansiyalari o‘rnatish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantiradi va ushbu ro‘yxatdagi yer uchastkalari Toshkent shahar hokimligining qaroriga asosan kompaniyaga 49 yildan oshmaydigan muddatga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi, zaruratga ko‘ra yer uchastkalari ro‘yxati yangilanib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!