Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi: Bishkekdagi vaziyat barqaror va polisiya to‘liq nazoratida

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi: Bishkekdagi vaziyat barqaror va polisiya to‘liq nazoratida

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining mv’lum qilishicha, Bishkekdagi vaziyat barqaror va polisiyaning to‘liq nazoratida.

Mitingning barcha ishtirokchilari tarqalib ketishdi, miting chog‘ida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolari orasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Ammo Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 29 nafar fuqaro tibbiy yordamga murojaat qilgan.

15 kishi tez yordam mashinasida shahar kasalxonasiga yetkazilgan, qolganlarga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Jabrlanganlardan biri Pokiston fuqarosining jag‘i singan.

Qolgan qurbonlar qaysi davlat fuqarolari haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!