Messining birinchi shartnomasi imzolangan salfetka deyarli 1 million yevroga pullandi

Messining birinchi shartnomasi imzolangan salfetka deyarli 1 million yevroga pullandi

Lionel Messi 2000 yilda "Barselona" bilan birinchi shartnomasini "imzolagan" salfetka Bonhams auksionida 900 ming yevroga, aniqrog‘i 889 781 yevroga sotilgan.

O‘sha paytdagi 13 yoshli Lionel bilan 16,5x16,5 o‘lchamdagi salfetka bo‘yicha shartnoma 2000 yil 14 dekabrda tuzilgan.

Savdo 220 ming funt sterling miqdori bilan boshlandi, auksion Buyuk Britaniyada o‘tkazildi. Yakuniy summa 300 ming funt sterlingdan oshishi va hatto yarim millionga yetishi ham kutilgandi. Yakuniy summa esa barcha kutilmalardan ham oshib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!