Qozog‘istonda yangi partiya ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin

Qozog‘istonda yangi partiya ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin

Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi «Intimaq»(Birdamlik) siyosiy partiyasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizaning qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma e’lon qildi. 4 oy ichida ma’muriyat rasmiy ro‘yxatga olish uchun barcha kerakli hujjatlarni taqdim etishi kerak. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Bo‘tako‘z Jaqselekova Markaziy kommunikasiyalar xizmatida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

– 11 may kuni partiya ta’sischilarning birinchi qurultoyini o‘tkazdi. Barcha kerakli hujjatlar olinganidan keyin vazirlik navbatdagi tekshiruvni o‘tkazadi, - dedi Bo‘tako‘z Jaqselekova.

Bugungi kunda Qozog‘istonda 7 ta partiya bor: Amanat partiyasi, Qozog‘istonning “Aq Jol” demokratik partiyasi, Qozog‘iston Xalq partiyasi, «Auil» Xalq demokratik vatanparvarlar partiyasi, Umummilliy sosial-demokratik partiyasi, «Baytaq» Qozog‘iston yashillar partiyasi va Respublica partiyasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!