APLda mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi

APLda mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi

Koul Palmer ushbu mavsumdagi o‘yinlari uchun sovrin oldi.

«Chelsi» yarimhimoyachisi 2023/24 yilgi Premer-liganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Sovrin uchun «Manchester Siti»dan Filipp Foden va Erling Holand, «Nyukasl»dan Aleksandr Isak, «Manchester Yunayted»dan Kobbi Maynu, «Arsenal»dan Bukayo Saka va Vilyam Saliba, «Tottenhem»dan Destini Udoji ham da’vogar edi.

22 yoshli ingliz yakunlanayotgan mavsumda APLda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi. U «ko‘klar»ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!