Eronda 3 nafar Yevropa fuqarosi «shaytoniylikni tarqatishda» ayblanib hibsga olindi

Eronda 3 nafar Yevropa fuqarosi «shaytoniylikni tarqatishda» ayblanib hibsga olindi

Eronda 261 kishi, jumladan, 3 nafar Yevropa fuqarosi «shaytoniylikni tarqatishda» ayblanib hibsga olingan.

Eronning rasmiy axborot agentligi IRNA xabariga ko‘ra, Tehron razvedka xizmatlari mahalliy va xorijlik a’zolardan iborat shaytoniy guruhga qarshi operasiya uyushtirgan.

Operasiya davomida kiyimlari, boshlari, yuzlari va sochlarida shaytonizmning logotiplari, belgilari va ramzlari tasvirlangan 146 erkak va 115 ayol qo‘lga olindi.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida 3 nafar Yevropa fuqarosi ham bor, biroq ularning millati aniqlanmagan.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu shaxslarga tegishli alkogolli ichimliklar, psixotrop moddalar va 73 dona avtomashinalar olib qo‘yilib, keyingi choralar ko‘rish uchun sud organlariga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!