Qirg‘iziston poytaxti markaziga hosteldagi mushtlashuv tufayli mingga yaqin namoyishchi yig‘ildi

Qirg‘iziston poytaxti markaziga hosteldagi mushtlashuv tufayli mingga yaqin namoyishchi yig‘ildi

Bishkekda 17 may kuni kechqurun hosteldagi mushtlashuvdan so‘ng hududda to‘plangan olomon tufayli ichki qo‘shinlar va suv purkaguvchi moslamalar kiritildi, deb yozadi mahalliy OAV. 24.kg agentligi xabariga ko‘ra, 7 aprel ko‘chasi shimoliy yo‘nalishda o‘rab olingan va xavfsizlik kuchlari uning Chuy shohko‘chasi bilan kesishgan qismida joylashgan. Jurnalistlarga ko‘ra, janubiy yo‘nalishdagi bir ko‘chada bir necha ming kishi to‘plangan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Azamat To‘qtonaliyev namoyishchilar bilan muzokaralar olib borgan, deb yozadi 24.kg suhbatning videoyozuvini e’lon qilib. Suhbat natijasida odamlar tarqala boshladi. Shu bilan birga, yig‘ilganlar xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishni va hosteldagi mushtlashuvdan so‘ng qo‘lga olingan uch kishini qonun doirasida to‘liq jazolashni talab qilishdi.

Holat yuzasidan bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Uch nafar xorijlik qo‘lga olingan, rasmiylar ularning fuqaroligini oshkor etmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!