Rossiyada sud Italiyaning UniCredit bankining 463 million yevro miqdoridagi aktivlarini hibsga oldi

Rossiyada sud Italiyaning UniCredit bankining 463 million yevro miqdoridagi aktivlarini hibsga oldi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati arbitraj sudi «Gazprom»ga tegishli «RusXimAlyans» kompaniyasining UniCredit kompaniyasiga qarshi qo‘zg‘atgan ishni ko‘rib chiqdi.

UniCredit'ning 463 million yevro miqdoridagi aktivlarini hibsga olgan sud qaroriga ko‘ra, gap qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va bank hisob raqamlaridagi mablag‘lar haqida ketmoqda.

Avvalroq RusXimAlyans Deutsche Bank va Commerzbank ustidan sudga da’vo qilgan.

UniCredit Germaniyaning Linde kompaniyasi bilan Rossiyada tabiiy gazni qayta ishlash zavodi qurilishi bo‘yicha sanksiyalar tufayli bekor qilingan shartnoma kafillaridan biri bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!