Ukraina Rossiya shaharlariga Amerika qurollari bilan zarba bermoqchi

Ukraina Rossiya shaharlariga Amerika qurollari bilan zarba bermoqchi

Ukraina AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidan Rossiya hududidagi Kiyev zarba berishi mumkin bo‘lgan nishonlarni aniqlashni so‘radi. Bu haqda juma kuni Amerika rasmiylariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Vashingtondan Rossiyadagi nishonlarga nisbatan Amerika qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni ham so‘ragan.

Nashrning qayd etishicha, bu so‘rov o‘tgan hafta qilingan va hozir Amerika rasmiylari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, WSJ ta’kidlaganidek, agar Qo‘shma Shtatlar bunday o‘zgarishlarga rozi bo‘lsa, bu "ma’muriyat siyosatida jiddiy o‘zgarishlar" ni anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!