23 may kuni Toshkentning 2 hududida "svet" o‘chadi

23 may kuni Toshkentning 2 hududida "svet" o‘chadi

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 23 may kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Mirobod tumani: «Sarakul» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Bekto‘pi» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

«O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi», deyiladi tashkilot xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!