Shahzoda Uilyam Angliya futbolchilarini qo‘llab-qo‘vvatladi

Shahzoda Uilyam Angliya futbolchilarini qo‘llab-qo‘vvatladi

Shahzoda Uilyam "Evro-2024" guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Daniya bilan o‘yindan so‘ng (1:1) angliyalik futbolchilarni qo‘llab-quvvatladi va ularning kiyinish xonasiga kirib, bunday natijadan xafa emasligini aytdi. Bu haqida "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.

"U kayfiyatimizni tushirmasligimiz kerakligini aytdi.", - dedi "Uch sherlar" yarim himoyachisi Adam Uorton Britaniya nashriga.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada guruh bosqichining ikki turidan so‘ng Angliya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib, hozirda "C" kvartetida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 3-turda Angliya terma jamoasi Sloveniya bilan o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!