Isroil AQShdan qurol yetkazib berishni tezlashtirishga umid qilmoqda
Amerikaning Isroilga to‘rt oy oldin qisqartirilgan qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmini tiklash masalasi «yaqin kelajakda hal qilinishi» kerak.
Bu haqda bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumatning haftalik yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«Taxminan to‘rt oy oldin AQShdan Isroilga kelayotgan qurol-yarog‘ miqdori qisqardi. Biz amerikalik do‘stlarimizdan yetkazib berishni tezlashtirishni so‘radik, buni qayta-qayta, eng yuqori darajada, barcha darajalarda qildik, turli tushuntirishlar oldik, lekin bir narsaga erisha olmadik: umuman olganda, vaziyat o‘zgarmadi. Umid qilamanki, yaqin orada bu masala hal bo‘ladi, deb ishonaman», — dedi u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)