O‘zbekiston Rossiya vaksinalariga ishonadi

O‘zbekiston Rossiya vaksinalariga ishonadi

O‘zbekiston hukumati Rossiya vaksinalariga ishonadi va ularni, xususan, gripp va O‘RVIga qarshi vaksinalarni xarid qilishni davom ettirishga tayyor. Bu haqda mamlakat sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Gripp va O‘RVIning mavsumiy kuchayishidan oldin, biz odatda vaksinani Rossiya Federasiyasidan sotib olamiz... Biz Rossiya Federasiyasining vaksinalariga ishonamiz”, — dedi Otabekov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!