G‘arb NATO va Yevropa Ittifoqini sharqda kengaytirish orqali Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga “undadi”

G‘arb NATO va Yevropa Ittifoqini sharqda kengaytirish orqali Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga “undadi”

G‘arb NATO va Yevropa Ittifoqini sharqda kengaytirish orqali Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga “undadi”. Bu haqda Britaniyaning "Reform" partiyasi rahbari Nayjel Faraj BBC bilan suhbatda aytib o‘tdi.

"Men 2014 yilda Yevropa parlamentida so‘zga chiqdim va “Ukrainada urush bo‘ladi”, deb aytdim. Nega men bunday dedim? NATO va Yevropa Ittifoqining davom etayotgan kengayishi bu odamga (Putinga) rus xalqiga bizni yana ularning ortidan kelayotganimizni aytishga va urushga kirish uchun asos bo‘lgani menga ayon edi", — deya ta’kidladi Faraj.

Farajning bayonoti Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron tomonidan tanqid qilindi.

Faraj X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozgan:
"Putin suveren davlatga bostirib kirishda, Yevropa Ittifoqi esa sharqqa tomon kengayishda xato qilgan".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!