Netanyaxu yana AQShni tanqid qildi

Netanyaxu yana AQShni tanqid qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini yana qoraladi va AQShning Isroilga harbiy yordami «arang tushayotganini» aytdi.

Isroil rahbari amerikalik jurnalist Jeyk Shermanga bergan intervyusida o‘zi va Bayden ma’muriyati o‘rtasida yuzaga kelgan muammolar haqida gapirib, o‘zining eng yaqin ittifoqchisini o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ ko‘rinishidagi «qimmatbaho yordam»ni bermaganlikda aybladi.

«Bir necha oy oldin biz jiddiy muammolarga duch kelganimizni seza boshladik. [...] Va biz ularni hal qila olmadik. Bu hozir juda muhim», - deya qo‘shimcha qildi Netanyaxu.

🔫 Netanyaxuning aytishicha, isroillik harbiylar unga AQSh harbiy yordamini «zo‘rg‘a o‘tkazib yuborayotgani» haqida shikoyat qilgan va «muammoni hal qilmagan bir necha oylik jimjimador suhbatdan keyin» muammoni ommaga oshkor qilish zarurligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!