Livan Hizbullohi yangi dron videosini e’lon qildi

Livan Hizbullohi yangi dron videosini e’lon qildi

Kadrlarda, tuzilma vakillarining so‘zlariga ko‘ra, shimoliy Xayfa shahrida Isroilning muhim harbiy inshootlari ko‘rsatilgan.

«U turli ob’ektlar va ularning aniq geolokasiyasini ko‘rsatadi. Bular orasida Xavfsizlik vazirligi va Isroil harbiy qo‘mondonligi joylashgan HaQiriya majmuasi ham bor», - deydi Livandagi Al-Jazira muxbiri Assed Baig e’lon qilingan kadrlar haqida.

Videoda, shuningdek, «neft rezervuarlari, elektr stansiyalari, sun’iy yo‘ldosh bazalari va uchta gaz ishlab chiqarish maydonchasining dengiz koordinatalari» ko‘rsatilgan, deb xabar berdi Al Jazeera.

Video «Hizbulloh» dronlar yordamida Isroil havo hududiga Hayfa port shahri ustidan kirib kelganidan bir necha kun o‘tib paydo bo‘lgan.

Kadrlar Livan Hizbullohi va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotgan bir paytda chop etilmoqda, bu esa «umumiy urush»ga aylanib borishi mumkin.

Shu hafta boshida Hizbulloh ayg‘oqchi uchuvchisiz uchoq yordamida olingan shunga o‘xshash tasvirlarni e’lon qildi. U Isroil hududiga taxminan 27 km chuqurlikdan kirib borgan va Hayfa ustidan 10 daqiqaga yaqin parvoz qilgan.

Videoda port, harbiy-dengiz bazasi, havo hujumidan mudofaa tizimlari, harbiy zavod va shaharning turar-joylari aks etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!