Venesuela qirg‘oqlarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Venesuelaning Sukre shtati qirg‘oqlarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, zilzila 13,6 ming kishi istiqomat qiluvchi Yaguaraparo shahridan 30 km shimoli-sharqda sodir bo‘lgan. Manba 98 km chuqurlikda bo‘lgan.
Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)