Tojiklar oqimi AQShga noaniq maqsadlar bilan keldi

Tojiklar oqimi AQShga noaniq maqsadlar bilan keldi

So‘nggi paytlarda Meksika chegarasi orqali AQShga kirib kelayotgan tojikistonlik noqonuniy muhojirlar soni keskin oshgan. 2020 yilning oktyabridan 2024 yilning mayigacha ularning soni 1500 kishidan oshdi, deb yozadi Britaniyaning Gbnews kanali.

Taqqoslash uchun, avvalgi yillarda atigi 14 nafar Tojikiston fuqarosi AQShga shu yo‘l bilan kirgan.

Gap AQSh rasmiylari hibsga olgan va boshpana so‘rab murojaat qilgan va hozirda sud qarorini kutayotganlar haqida ketmoqda. Mutaxassislarning ishonchi komilki, ular orasida ISHID va Al-Qoida tomonidan yollangan va keyinchalik teraktlar uyushtirish uchun AQShga olib kelingan jihodchilar ko‘p.

Ma’lumki, kamida sakkiz nafar Tojikiston fuqarosi terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!