Tanzila Narbayeva «Rahbar ayollar maktabi» tinglovchilari bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva «Rahbar ayollar maktabi» tinglovchilari bilan uchrashdi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat boshqaruvi Akademiyasi hamkorligida «Rahbar ayollar maktabi» maxsus o‘quv-kurslari tashkil etilgan.

Shu kunga qadar 100 nafar xotin-qizlar mazkur dastur asosida o‘qitilgan bo‘lsa, joriy yilgi mavsumda o‘qish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan, shuningdek, vazirlik va idoralarda turli sohalarda faol, tashabbuskor, xotin-qizlar orasidan 45 nafari saralab olindi hamda ular joriy yilning 1 aprelidan boshlab 2 oydan ko‘proq vaqt mobaynida o‘quv reja asosida o‘zlarining kasbiy, malakaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Kuni kecha Senat Raisi Tanzila Narbayevaning ushbu kurs tinglovchilari bilan uchrashuvida yosh rahbar ayollar uchun muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, ularning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi hamda jamiyatdagi rolini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tanzila Narbayeva o‘z nutqida ta’kidlaganidek, rahbar ayollar maktabi mamlakatimizda ayollar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash va ularning imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarda ayollarning o‘rni va rolini yanada oshirish, rahbar kadrlarga, shu jumladan, rahbar ayollarga qo‘yilayotgan talablar, ta’lim va malaka oshirish orqali ayollarning salohiyatini yanada rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuv davlat boshqaruvidagi rahbar ayollarning hayoti va faoliyatidagi burilishlar, tajribalari, turli vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qila olish mahorati, muammolarga tezkor yechim topa olish, hal etish orqali erishilgan natijalar haqidagi hayotiy misollar bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda tinglovchilar tomonidan turli sohalarni rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Mazkur taklif va tashabbuslar asosida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!