Dog‘istonning Maxachqal’a shahrida polisiya kuchlari va qora kiyimli noma’lum shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Dog‘istonning Maxachqal’a shahrida polisiya kuchlari va qora kiyimli noma’lum shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Respublikaning Darband shahrida esa Sinagoga yonmoqda

"Bugun tunda Derbent va Maxachqal’a shaharlarida noma’lum shaxslar ijtimoiy vaziyatni izdan chiqarishga urinishgan. Ularga Dog‘iston polisiyasi xodimlari to‘sqinlik qilishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida jabrlanganlar ham bor. Barcha xizmatlar ko‘rsatmalarga muvofiq ishlamoqda. Tugatish rejasi tuzildi. Hujumchilarning shaxsi aniqlanmoqda”, dedi Dog‘iston rahbari Melikov.

Shunigdek, Maxachqal’adagi pravoslav cherkovidan Nikolay ota o‘ldirilgan

Ruhoniy 66 yoshda edi va kasal edi. Ota Nikolaydan tashqari, bitta qo‘riqchi ham o‘ldirilgan - u faqat gaz to‘pponchasi bilan qurollangan. Qolgan ruhoniylar cherkovga qamalib, yordam kutmoqda, deb yozadi Readovka.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!