Husiylar AQSh samolyot tashuvchisiga hujum qildi

Husiylar AQSh samolyot tashuvchisiga hujum qildi

Yamanning «Ansorulloh» harakatidan husiylar Qizil dengizda Amerikaning «Dwight Eisenhower» aviatashuvchi kemasiga raketa hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi. Bu haqda xusiylar harbiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

“Qurolli kuchlarimiz raketa kuchlari operasiya o‘tkazdi, uning davomida AQShning «Eisenhower» aviatashuvchi kemasi Qizil dengiz shimolida ballistik va qanotli raketalar yordamida hujumga uchradi. Operasiya o‘z maqsadlariga muvaffaqiyatli erishdi”, — dedi harakat vakili hutiylarga tegishli Al Masirah telekanalida.

⛴ Bundan tashqari, hutiylar Arab dengizidagi Transworld Navigator yuk tashuvchi kemasiga hujum qilib, ballistik raketa hujumlarini amalga oshirdi. Sariyaning ta’kidlashicha, savdo kemasiga hujum «bosib olingan Falastin portlariga o‘tish taqiqini buzish» bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!