AQSh Davlat kotibining qurol savdosi bo‘yicha yordamchisi Qozog‘istonga keladi

AQSh Davlat kotibining qurol savdosi bo‘yicha yordamchisi Qozog‘istonga keladi

AQSh Davlat kotibining qurol aylanmasini nazorat qilish, oldini olish va barqarorlik siyosati bo‘yicha yordamchisi Mellori Styuart kelasi hafta Astanaga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar berdi.

Tashrif 22-28 iyun kunlariga mo‘ljallangan.

“Astanada davlat kotibi yordamchisi Styuart AQSh Davlat departamenti va Qozog‘iston Mudofaa vazirligi o‘rtasida Milliy yadroviy xavflarni kamaytirish markazi (NNRRC) xavfsizlik tarmog‘i bo‘yicha kelishuvni imzolaydi”, - deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.

Bu kelishuv AQSH-Qozog‘iston munosabatlari salohiyati va xavflarni kamaytirish va global barqarorlikdan manfaatdorligini ko‘rsatadi.

Shundan so‘ng AQSh Davlat kotibi yordamchisi Styuart Yadroviy qurolsizlanishni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikning (IPNDV) o‘n yilligida ishtirok etish uchun Jenevaga boradi.

U yerda u yadroviy qurolsizlanish nazoratining kelajagi bo‘yicha sessiyada nutq so‘zlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!