Nike "Barselona" libosini ishlab chiqarishda xatoga yo‘l qo‘ydi

Nike "Barselona" libosini ishlab chiqarishda xatoga yo‘l qo‘ydi

Nike va "Barselona" o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolmoqda.

Nisbatan yaqinda Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta hatto Nike bilan kelishmovchilik tufayli texnik homiyni almashtirishga ruxsat berdi.

AS o‘z sahifalarida xabar berishicha, Nike endi klub homiysi Spotify logotipidagi xatolik bilan "Barselona" formasini ishlab chiqardi.

Natijada, kataloniyaliklar yangi libosni sota olmaydi va ko‘chalar sayyohlar bilan to‘lgan paytda pul yo‘qotadi. Qayd etilishicha, "Barselona" mavsumoldi o‘yinlarini o‘tgan mavsumdagi formada o‘tkazishga majbur bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!