Husiylar Isroil portidagi kemalarga hujum qildi

Husiylar Isroil portidagi kemalarga hujum qildi

Yaman husiylari Iroq islomiy qarshilik harakati bilan birga Isroilning Hayfa portidagi to‘rtta kemaga hujum qildi. Bu haqda Al Masirah xabar berdi.

Husiylar matbuot kotibi Yahyo Sari ikkita sement va ikkita quruq tovarlarni tashuvchi yuk kemasi nishonga olinganini aytdi. Bundan tashqari, O‘rta Yer dengizida Isroil portiga yo‘l olgan chorva tashuvchi kemaga zarba berilgan.

Hujumlarda dronlardan foydalanilgan. Husiylar ikkala operasiya ham muvaffaqiyatli o‘tgani va “maqsadlarga erishilgani”ni ta’kidlagan. Husiylar tijorat kemalariga qilingan hujumlarni ular “bosib olingan Falastin portlariga o‘tish taqiqini buzganliklari” bilan izohlagan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi so‘nggi 24 soat ichida Qizil dengizda uchta husiy droni yo‘q qilinganini aytgan. Shuningdek, Yamandan uchta ballistik raketa uchirilgani qayd etilgan. Biroq hech qanday kema yoki tijorat kemalari zarar ko‘rmagani aytilmoqda.

Qizil dengiz, Adan ko‘rfazi va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozidagi kemalarga husiylar hujumi 2023 yilning noyabr oyidan beri sodir bo‘lmoqda. Ular AQSH, Buyuk Britaniya va Isroil bilan bog‘liq kemalar nishonga olinishini ma’lum qilgan. Husiylar shu tariqa Isroil bilan urushda Falastinning HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlamoqda. AQSh va Buyuk Britaniya 2024 yil boshidan buyon Yamanga javob zarbalarini berib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!