Sevastopolga raketa hujumi uyushtirildi

Sevastopolga raketa hujumi uyushtirildi

Sevastopol ma’muriyati rahbari Mixail Razvojayev 23 iyun kuni soat 12:20 atrofida shaharga raketa zarbalari yo‘llangani haqida xabar berdi. Razvojayevning Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda “beshta havo nishoni yo‘q qilingani” aytiladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Sevastopol "Amerikaning kassetali o‘q-dorilarga ega ATACMS raketalari" bilan o‘qqa tutilgani haqida xabar qilgan. Harbiy idora tarqatgan xabarga ko‘ra, to‘rtta raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Yana bitta raketa "havo hujumidan mudofaa vositalari harakati ta’sirida oxirgi bosqichda parvoz trayektoriyasidan chetga og‘gan va jangovar qismi shahar hududi ustida portlagan".

Raketa parchalari shaharning bir necha rayonlariga tushgan. Jumladan, Sevastopol rahbari o‘rinbosari Aleksandr Kulaginning xabar berishicha, Uchkuyevka hududidagi plyajga ham raketa parchalari tushgan. Shuningdek, raketa qoldiqlari qulashi oqibatida turar joylardan birida va o‘rmonda yong‘in chiqqan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan, 124 kishi jarohatlangan. Sevastopol shahri ma’muriyati rahbari jabrlanganlar soni ortishi mumkinligini istisno etmagan va 24 iyun kunini Sevastopolda qurbonlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!