Modi Qozog‘istondagi SHHT sammitini o‘tkazib yuboradi

Modi Qozog‘istondagi SHHT sammitini o‘tkazib yuboradi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 3-4 iyul kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida ishtirok eta olmaydi.

Bu haqda mahalliy The Hindu gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Materialda qayd etilishicha, bosh vazir Hindiston parlamentining bo‘lajak sessiyasi munosabati bilan xorijlik hamkasblari bilan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. U 24 iyundan 3 iyulga qadar davom etadi va 19 apreldan 1 iyunga qadar mamlakatda bo‘lib o‘tgan deputatlar umumiy saylovidan keyingi birinchi shunday tadbir bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!