222 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar fosh etildi

222 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar fosh etildi

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning yashirin aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro N.N. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtoulov shubha ostiga olinib, to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtoulov yukxonasida fuqaro A.D. tomonidan olib ketilayotgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 176,4 million so‘mlik parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, fuqaro M.D.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtoulov ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida avtoulov yukxonasida umumiy qiymati salkam 46 million so‘mlik parfyumeriya mahsulotlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!