22 nafar qiz bilan "sevishgan" 23 yoshli yigitga hukm o‘qildi

22 nafar qiz bilan "sevishgan" 23 yoshli yigitga hukm o‘qildi

Rossiyaning Kurgansk viloyatida voyaga yetmagan qizlar bilan intim yozishmalarni amalga oshirgan yigitga hukm chiqarildi. Bu haqda viloyat Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish materiallariga ko‘ra, viloyat markazida yashovchi 23 yoshli yigit ijtimoiy tarmoqlardan birida soxta sahifa orqali yosh qizlar bilan tanishib qolgan. U 22 nafar o‘quvchi qizlarni intim munosabatlarga taklif qilgan va ularni yalang‘och suratlarini yuborishga majburlagan.

Jabrlanganlarning ota-onalari yozishmalarni bolalarning o‘zidan yoki ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini kuzatish orqali bilib, huquq-tartibot idoralari xodimlariga murojaat qilishgan.

Voyaga yetmaganlar bilan muloqotda bo‘lgan yigit qo‘lga olinib, nomaqbul harakatlar sodir etganlikda ayblandi. U o‘z aybiga iqror bo‘lib, hibsga olingan. Sud hukmi bilan 5 yilu 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!