2023-yilda O‘zbekistonda 15,5 million tonna sement ishlab chiqarildi

2023-yilda O‘zbekistonda 15,5 million tonna sement ishlab chiqarildi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda sement sanoatining rivojlanish dinamikasi o‘rganildi.

2017-yilda mamlakatimizning 5 ta hududida joylashgan 12 ta korxonada 8,9 million tonna sement ishlab chiqarilgandi. Sementga talabning yuqoriligi, bozorni rivojlantirishning katta salohiyati va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan davlat siyosati sohaga yangi investorlar e’tiborini tortdi.

2017-2023 yillarda turli hududlarda energiya tejovchi “quruq” texnologiyalar asosida 25 ta yangi sement ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi va ularning umumiy quvvati 26,6 million tonnaga yetdi.

2023-yilda O‘zbekistonda 15,5 million tonna sement ishlab chiqarildi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sement miqdori 431 kg ga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilda dunyo miqyosida 510 kilogrammni, Xitoyda 1490 kilogrammni, Saudiya Arabistonida 1460 kilogrammni, Vyetnamda 1220 kilogrammni, Turkiyada 980 kilogrammni, Rossiyada 420 kilogrammni, AQShda 280 kilogrammni tashkil qilgan.

2023-yilda sement ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagiga nisbatan 74,1 foizga, aholi jon boshiga ishlab chiqarish esa 55,6 foizga oshdi. Bu esa bozordagi talab va ehtiyojlar to‘liq ta’minlanmaganligini ko‘rsatmoqda.

"O‘zbekiston - 2030" strategiyasida 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobarga ko‘paytirish, shu jumladan mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish, texnologik va infratuzilma investisiyalarini amalga oshirish belgilangan.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun sement sanoatida quyidagilarni ta’minlash ko‘zda tutilgan:
➖ mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;
➖ “yashil”, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
➖ ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan maxsus sement turlarini ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish;
➖ xarajatlarni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!