2020 yilda harbiy xarajatlar borasida yetakchi davlatlar ma’lum qilindi

2020 yilda harbiy xarajatlar borasida yetakchi davlatlar ma’lum qilindi

O‘tgan 2020 yilda dunyoda mudofaa va qurollanish uchun xarajatlar 3,9 foiz o‘sib, jami 1,83 trillion dollardan oshdi. Ushbu ma’lumot Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) e’lon qilgan hisobotda keltirilgan.

“Harbiy muvozanat – 2021” (The Military Balance 2021) deb nomlangan hisobotda aytilishicha, o‘tgan yildagi o‘sish 2019 yildagidan (4%) sal kamroq bo‘ldi. Vaholanki, 2020 yilda butun dunyo koronavirusga qarshi kurashdi, dunyo iqtisodiyoti 4,4 foiz qisqardi. 

Hisobotda harbiy xarajatlarning uchdan ikki qismi AQSh va Xitoyga to‘g‘ri kelishi aytilgan. Ushbu ikki davlat 2020 yilda mudofaa va qurollanish uchun jami 738 milliard dollar sarflagan, bu esa dunyodagi umumiy xarajatning 40,3 foizi demakdir. Pekinning bu boradagi xarajatlari 5,2 foiz yoki 12 milliard dollarga oshib, umumiy miqdori 193,3 milliard dollarga yetgan. 

AQSh va Xitoydan tashqari harbiy xarajatlarga katta mablag‘ ajratadigan davlatlar qatorida Hindiston ($64,1 mlrd), Britaniya ($61,5 mlrd), Rossiya ($60,6 mlrd), Fransiya ($55 mlrd), Germaniya ($51,3 mlrd), Yaponiya ($49,7 mlrd), Saudiya Arabistoni ($48,5 mlrd) va Janubiy Koreya ($40,4 mlrd) ham keltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!