2019 yilda O‘zbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurdi?

2019 yilda O‘zbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurdi?

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini yuksaltirish borasida ishlar yuzasidan TIV ma’lumotini taqdim qildi.

“Sayyohlik vizasini olishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan davlatlar soni 77 taga yetdi”, deyiladi TIVning xabarida.

Shuningdek, xorijiy mamlakatlardan 13 ta jamoatchilik va madaniyat arboblari O‘zbekiston sayyohlik brendining elchilari etib tayinlandi. Xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan 8 ta “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Xorijdagi 50 ta sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishiga yordam ko‘rsatildi. Natijada shu davr ichida turistlar soni 27,1 foiz oshib, 6,23 million kishini tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!