+18. Liftdagi dahshatli qotillik: 52 yashar ayolni kim o‘ldirdi? (foto) 

+18. Liftdagi dahshatli qotillik: 52 yashar ayolni kim o‘ldirdi? (foto) 

Bu qotillik nafaqat moskvaliklar, balki butun mamlakat aholisini dahshatga soldi. 52 yeshli Larisa Frosinaning jasadi u yashaydigan ko‘p qavatli uyning liftidan topildi. Larisaning 10 joyiga pichoq urilgan, keyin esa so‘mkachasidan pullari olib ketilgandi. Marhumaning so‘mkasida esa atigi 2000 rubl bor edi.

Voqea OAV va ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi. Qotil ushlandi. U ozarbayjonlik 27 yashar Rovshan Shabanov ekan. Rovshan Moskvaga sentyabr oyida ishlash uchun kelgan. Yurtdoshlari unga ish topib berishgan. Ta’kidlash kerakki, Rovshan bunga qadar ham bir nechta jinoyat qilishga ulgurgandi.  Shabanov qurbonlarini Chertanovsk va Kirovogradsk orasidagi xiyobonda uchratardi. Turli xil narsalar xarid qilib, shu xiyobon orqali uyiga qaytayetgan ayollar uning uchun oson o‘lja bo‘lib ko‘rinardi. U ayollar bilan liftga chiqar, pichoq o‘qtalar va pullarini o‘marardi... 6 noyabr kuni u farmasevt bo‘lib ishlaydgan va shu kuni magazindan ul-bul xarid qilib uyiga qaytayotgan Larisani uchratadi. Qotil Larisaning izidan kela boshlaydi. AYEl esa buni sezadi va notanish erkakni o‘tkazib yuboradi, keyin esa yo‘lida davom etadi. Pod’ezdga kirganidan keyin esa liftga chiqmaydi va zinadan chiqa boshlaydi.  Bu vaqtda Shabanov yashiringancha uni kutib turardi. Larisa keyinroq 13-qavatdagi uyiga lift orqali chiqishga qaror qiladi. U liftga kirib, endi eshik yopilayotganda Rovshan oyoqlari bilan eshikni to‘xtatadi. U oxirgi qavatga chiqmoqchi ekanligini aytadi. Eshik yopilganida esa pichoq o‘qtalib, Larisadan pul talab qiladi. Ayolning erkakka kuchi yetmaydi. Larisa navbatchi liftyorni chaqiruvchi tugmani bosishga ulguradi, ammo bu uning hayotini saqlab qola olmaydi.

 Qotil qo‘lga olindi. U ayolning so‘mkasidan jami 2000 rubl topganini ta’kidlagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!