+18. Hojaroy Ashurova nega 3 yashar nabirasini tiriklayin ko‘mdi?

+18. Hojaroy Ashurova nega 3 yashar nabirasini tiriklayin ko‘mdi?

Tojikistonning Xatlon viloyat prokuraturasi buvisi tomonidan uch yoshli bolaning o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi tergovini yakunladi. «Qotillik» moddasi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi.

Bu haqda 4 dekabr kuni viloyat prokuraturasi vakili ma’lum qildi.

"Sof.uz"ning yozishicha, hodisa 12 sentyabr kuni Abdurahmon Jomiy tumanidagi Iftixor jamoatidagi Navobod qishlog‘ida yuz bergan. 58 yoshli Xojaroy Ashurova o‘z nabirasi Behruzjonni avvaliga bo‘g‘ib qiynagan, so‘ng tuproqqa ko‘mib yuborgan.

«So‘roq vaqtida Xojaroy Ashurova nafaqat uyda, balki odamlar oldida ham doimiy ravishda janjallashib kelgan kelini Gulsanam Boymurodovani yoqtirmagani bois nabirasini o‘ldirganini tan oldi», - dedi prokuratura vakili.

Ashurova nabirasi cho‘kib ketgani to‘g‘risida xabar berganidan so‘ng Behruzjonning jasadini qidirish boshlandi. Qidirish ishlarida qishloq aholisi milisiya xodimlariga yordamga keldi, ular Behruzjonning jasadini kanaldan qidirishdi. Biroq jasad mutlaqo boshqa yerdan topildi – qidiruvning oltinchi kuni mahalliy cho‘pon jasadni Maxatoni qishlog‘i yaqinidagi jarlikdan topdi.

"Milisiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan operativ-qidiruv tadbirlari natijasida Abdurahmon Jomiy tumanidagi Iftixor jamoatidagi qishloqda istiqomat qiluvchi 58 yoshli Xojaroy Ashurova taxminan soat 10.00larda o‘z nabirasini tiriklayin ko‘mgani va buning natijasida bola vafot etgani aniqlandi. Bolaning jasadi olti kundan keyin topildi», - deya xabar berdi Tojikiston IIV matbuot markazi.

Sud jarayoni yaqin kunlarda boshlanadi. Ayol 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!