18-19 avgust kunlari umumxalq hashari o‘tkaziladi

18-19 avgust kunlari umumxalq hashari o‘tkaziladi

Avgust oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Hukumatning tegishli farmoyishi qabul qilindi, deb xabar beradi UZ24 manbasi.

Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lari O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi belgilandi.

Xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yolg‘iz qariyalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!