«Paxtakor» Maksim Shaskixni iste’foga chiqardi! Jahongir Ortiqxo‘jayev uning ketishiga munosabat bildirdi

«Paxtakor» Maksim Shaskixni iste’foga chiqardi! Jahongir Ortiqxo‘jayev uning ketishiga munosabat bildirdi

"Paxtakor" klubi rahbariyati bosh murabbiy Maksim Shaskixni iste’foga chiqardi. Jamoa bugun "Metallurg"ga imkoniyatni boy berib qo‘ygach, shunday qaror qabul qilindi. Bu haqda "Paxtakor" matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev Maksim Shaskixning faoliyati xususida o‘z fikrini bayon etdi.

"Maksim Shaskixga kelajakda katta klublarda ishlashini tilayman. U vijdonli va insofli murabbiy. Jamoa so‘nggi uchrashuvlarda qayd etgan natijalardan afsusdaman. U hali katta klublarda ishlashiga umid qilishim haqida ko‘p marta o‘ziga aytganman", — dedi Ortiqxo‘jayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!