+107. Koronavirusga chalinganlarning hammasi Toshkentda qayd etildi

+107. Koronavirusga chalinganlarning hammasi Toshkentda qayd etildi

2020 yil 25 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 307 (+107) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar,
 📌Andijon viloyatida 14 nafar, 
📌Jizzax viloyatida 12 nafar, 
📌Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, 
📌Navoiy viloyatida 6 nafar,
📌Namangan viloyatida 17 nafar, 
📌Sirdaryo viloyatida 11 nafar, 
📌Toshkent shahrida 87 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 62 509 (+167) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 249 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!