Islom Karimov oilasi Moskvadagi eng qimmat pentxauslardan birini sotib oldi

Islom Karimov oilasi Moskvadagi eng qimmat pentxauslardan birini sotib oldi

Islom Karimov oilasi 22 million dollarga Moskvadagi eng qimmat pentxauslardan birini sotib oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uch qavatli pentxaus sotuvga qo‘yilgan “Radisson” mehmonxonasi binosida joylashgan bo‘lib, mehmonxona bilan bir xil rejaga ega va bir xil tartibda qurilgan.

Ta’kidlanishicha, uy Tatyana Karimovaning jiyani Anvar Abdullayevga tegishli. Bu haqda “Baza” xabar berdi.

Pentxausning qurilishida tabiiy materiallar, ya’ni italyan marmari, oniks va tabiiy yog‘ochdan foydalanilgan. Mebellar maxsus "Roberto Cavalli" va “Versace” ga tegishli ekani aytilmoqda. 11-qavat ikkita yotoqxona, hammom, oshxona, kiyinish xonalari va keng zaldan iborat. 12-qavatda mehmonxona, 13-qavatda Moskva daryosi, Oq uy va biznes markazi ko‘zga tashlanib turadigan ofis mavjud. Bir so‘z bilan aytganda, kvartira Moskvadagi eng qimmat pentxauslar reytingida ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil may oyidan buyon ushbu pentxaus Anvar Abdullayevga tegishli.

Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda “Radisson” mehmonxonasi ham Anvar Abdullayevga tegishli ekanligi aytilmoqda. Biroq “Baza” tahririyati xabariga ko‘ra, Anvar Abdullayev bilan telefon orqali qilingan suhbatda u “Radisson” mehmonxonasidagi kvartira unga tegishli ekanini rad etgan.

"Meni unga hech qanday aloqam yo‘q va bunday narsalardan uzoqroq turishga harakat qilaman", — degan Anvar Abdullayev.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Lola Tillayeva-Karimova eri bilan Gollivudda uchta uyni sotuvga qo‘ygan edi.

Bundan avval “The Guardian” nashri Gulnora Karimovaga berilgan 220 million dollar xususida maqola chop etilgani haqida xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!