Zidan Azarni «Real»ga o‘tishga ko‘ndirdi

Zidan Azarni «Real»ga o‘tishga ko‘ndirdi

Real bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chelsi vingeri Eden Azar bilan suhbatlashib oldi, deb xabar tarqatdi Metro.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, fransuz mutaxassisi belgiyalik hujumchini yozda Madrid klubiga o‘tishga ko‘ndirgan.

Avvalroq Chelsi Real ning Azar bo‘yicha 82 mln yevrolik taklifiga rad javobini bergani xabar qilingandi. Ta’kidlanishicha, ko‘klar 115 million so‘rashmoqda.

28 yoshli Eden Chelsi ga 2012 yil yozida Lill safidan kelib qo‘shilgan, uning transferi London klubiga 35 mln yevroga tushgandi. Bu mavsum u APLning 29ta o‘yinida qatnashdi va ularning 26tasida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda Azar 24ta golda bevosita qatnashdi (13+11).

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!