Zelenskiy o‘zini tasodifan “ishdan bo‘shatdi”

Zelenskiy o‘zini tasodifan “ishdan bo‘shatdi”

23 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yanglishib o‘zini “ishdan bo‘shatdi”.

Ukraina yetakchisining saytida Alla Polishukni Kirovograd viloyati Kropivniskiy tumani davlat ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi 206/2021-rp-sonli farmoni chop qilindi.

Unda lavozimdan ozod qilish “Ukraina prezidentining vakolat muddatlari yakunlangani munosabati” amalga oshirilgani yozilgandi.

Skrinshot s sayta ukrainskogo lidera. Seychas publikasiya uje udalena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021

Skrinshot s sayta ukrainskogo lidera. Seychas publikasiya uje udalena

Bu jumla ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga jalb qildi va turli fikrlar tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Prezident ofisi ushbu holatga izoh berdi.

Zelenskiy matbuot xizmati u vakolatlarini zimmasidan soqit qilmagani va farmon matni noto‘g‘ri talqin qilinganini ma’lum qildi.

Gap shundaki, Alla Polshukni 2015 yilda bu lavozimga Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko tayinlagan.

“Vakolat muddatlari yakunlanishi” jumlasi esa aslida unga taalluqli bo‘lgan.

“Ukraina yangi prezidenti saylangan taqdirda mahalliy davlat ma’muriyat raislari belgilangan tartibda yangi mahalliy davlat ma’muriyat raislari tayinlangunga qadar o‘z vakolatlarini bajarishda davom etadi”, - deya tushuntirgan Zelenskiy matbuot xizmati.

Bu mamlakatning “Mahalliy davlat ma’muriyatlari to‘g‘risidagi” qonunda ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!