Zelenskiy Rossiyaga javobini e’lon qildi: «Biz F-16'ni tayyorlayapmiz»

Zelenskiy Rossiyaga javobini e’lon qildi: «Biz F-16'ni tayyorlayapmiz»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Qurolli kuchlari Rossiya tomonidan Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasining ommaviy o‘qqa tutilishiga javob tayyorlayotganini aytdi.

“Rossiyaning raketa hujumiga munosabatimizga kelsak, biz F-16 dan foydalanish va Kursk viloyatidagi operasiya uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz", — dedi Zelenskiy kechki nutqida.

Ukrainaning javob choralariga tayyorlanayotgani haqida mudofaa vaziri Rustem Umerov Facebook’da ma’lum qildi.

«Bu kecha Rossiya yana bizning shaharlarga zarba berdi.Tinch aholi jabrlandi, uylar vayron bo‘ldi, muhim infratuzilmaga zarar yetdi», — dedi ukraina vaziri.

Umerovning aytishicha, «bu g‘alaba qozonish uchun bizga uzoq masofali imkoniyatlar va dushman harbiy nishonlariga zarba berish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash zarurligini yana bir bor isbotlaydi».

«Ukraina o‘z javoblarini tayyorlamoqda», - deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!