Zelenskiy: "Kursk viloyatidagi janglar Qatardagi uchrashuvga aloqador emas"

Zelenskiy: "Kursk viloyatidagi janglar Qatardagi uchrashuvga aloqador emas"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatidagi amaliyoti "Qatardagi energetika uchrashuvi bilan bog‘liq emasligini" aytdi.

Bu haqda Zelenskiy matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, Kursk viloyatidagi harbiy amaliyotlar Ukraina g‘alabasi rejasining bandlaridan biri hisoblanadi.

"Kursk operasiyasi va Qatardagi uchrashuv mutlaqo bog‘liq emas. Kursk operasiyasi ikkinchi tinchlik uchrashuvi bilan bog‘liq Ukraina g‘alaba rejasining nuqtalari" - dedi u.

Zelenskiy shu yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan AQSh yetakchisi Jo Bayden bilan uchrashuvi haqida ham ma’lum qildi. Ukraina rahbari Bayden va uning jamoasiga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, "ko‘p narsa AQShga bog‘liq" ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!